Ma`lumotlar soni: 159
Xabarlar soni: 9
Bugun: 15.4.2021
Soat: 12:7
Safarov Zokir Amonovich-O‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Respublika markazi Termiz filiali direktori. Safarov Zokir Amonovich Safarov 1988-1994 yillarda Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti talabasi, 1994-1995 yillarda Termiz shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi 3-sonli poliklinikasida vrach-pediatr, 1995-1999 yillarda Termiz tibbiyot bilimi yurti “Bolalar kasalligi” fani o‘qituvchisi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bilimi yurti etakchisi, 1999-2005 yillarda Termiz tibbiyot kolleji malaka oshirish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlab kelgan.
Safarov Zokir Amonovich O‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Respublika markazi Termiz filialida 2005 yilning 1-yanvardan boshlab direktor vazifasida ishlab kelmoqda. SHu davr mobaynida o‘zining mehnatsevarligi, ishga sadoqatliligi, fidoyiligi, ma’suliyatni his etuvchi rahbar sifatida filialning moddiy texnik bazasini rivojlantirishda, o‘quv xonalarini, binolarni zamonaviy ko‘rinishga keltirishda, ishchi xodimlarni o‘z intellektual salohiyati bo‘yicha ish olib borishlarida yaqindan ko‘makdosh sifatida ishchi xodimlarning ishonchini qozongan.
Safarov Zokir Amonovich 2011 yil “Mutaqillikning 20 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.Safarov Zokir Amonovich 2010 yil 10-yanvardan 14-Ma’rifat saylov okrugidan Xalq deputatlari Termiz shahar kengashi deputati, “YOshlar siyosati va sog‘lom avlod masalalari” bo‘yicha doimiy komissiya raisi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. SHu davr mobaynida aholining ijtimoiy iqtisodiy turmush sharoitlarini yaxshilashda va huquqiy madaniyatini oshirish yo‘lida hamda Respublikamizdagi barcha sohalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni targ‘ib qilishda o‘zining kuch, bilim va hayotiy tajribasiga suyangan holda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Mamashaev Eshonqul Eshmirzaevich -O‘rta tibbiyot va farmasevt xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Respublika markazining Termiz hududiy bo’linmasi o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari
Kichinov Norboy Zoirovich- O‘rta tibbiyot va farmasevt xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Respublika markazining Termiz hududiy bo’linmasi Ma’naviyat va Ma’rifat ishlari bo’yicha director o’rinbosari